O‘zbekiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati, Toshloq tumani, Zarkent MFY, Yangiyo‘l qishlog‘i No5-a, Indeks-151505, el.pochta: feres_asu@inbox.uz manzilida joylashgan “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2026-yil 3-dekabr kuni soat 10-00 da Toshkent shahar, Osiyo ko‘chasi, 8-uyda joylashgan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning ma’muriy binosida bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabardor qilish uchun aksiyadorlar reyestrini shakllantirish sanasi 2026-yil 11-noyabrga, aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun esa 2026-yil 27-noyabrga belgilandi.
Aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig‘ilishi kun tartibi.
-
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi ishchi organlarining son va shaxsiy tarkibini, shuningdek, jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish reglamentini tasdiqlash.
-
“Farg‘ona HETK” AJ Kuzatuv kengashi a’zolari B.X. Islomov, A.T. Jumayev va D.A. Isakovning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish. 3.Vakolatlari tugatilgan Kuzatuv kengashi a’zolari o‘rniga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan taklif etilgan nomzodlar orasidan “Farg‘ona HETK” AJ Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash.
Umumiy yig‘ilish materiallari bilan jamiyatda tanishish mumkin.
Murojaat uchun telefon: 0 373 244 13 46. Bosh direktor “Farg‘ona HETK” AJ Saydaliyev A.R.