Jamiyat haqida
Korrupsiyaga qarshi kurashish
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasizlik tamoyiliga amal qiladi. Jamiyat faoliyati “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etiladi.
Asosiy tamoyillar
- Qonuniylik, shaffoflik va hisobdorlik;
- Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va uni o‘z vaqtida hal etish;
- Xodimlar tomonidan sovg‘a va xizmat evaziga haq olish taqiqlanishi;
- Korrupsiya holati haqida xabar bergan shaxsning maxfiyligi va himoyasi;
- Jamoatchilik va iste’molchilar bilan ochiq muloqot.
Qachon xabar berish kerak?
Agar jamiyat xodimi belgilangan tartibda bepul yoki tarif bo‘yicha ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan xizmat — ulanish, hisoblagichni almashtirish, qayta ulash — uchun qo‘shimcha haq talab qilsa, bu haqda darhol xabar bering. Har bir murojaat ko‘rib chiqiladi.