O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-martdagi Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahar Movarounaxr, Xo‘jand va Istiqlol ko‘chalari hududida Rennovatsiya asosida quriladigan “Yangi O‘zbekiston” masivining tashqi elektr ta’minoti uchun qurilish-montaj ishlarini bajarish bo‘yicha maxsus qaroriga asosan, qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun, ochiq tanlov bilan eng yaxshi takliflarni tanlash orqali tijorat takliflarini quyidagi talablar asosida konvert ko‘rinishida qabul qiladi.
-
Jamiyat tomonidan taqdim etilgan boshlang‘ich narx kalkulyatsiyasi asosidagi pudratchining qurilish soxasidagi reyting ballari xamda tanlovda qatnashish uchun qurilish ob’yektiga nisbatan maqbullashtirish foizi ko‘rinishidagi tijorat takliflari taqdim etilishi shart.
-
2024 yil yakuni bo‘yicha moliyaviy faoliyatning tasdiqlovchi xujjatlari.(balans, moliyaviy natijalar to‘g‘risida xisobot)
-
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ariza.
-
Qurilish-montaj ishlarini bajarish muddati bo‘yicha kafolat shartlari majburiyatnomasi.(kafolat xati)
Jamiyat tomonidan tanlovga ilova qilinadigan xujjat.
Qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun uchun dastlabki xisob kitoblar asosidagi boshlang‘ich qiymat kalkulyatsiyasi.
Eng yaxshi takliflarni tanlash bo‘yicha ochiq tanlov Farg‘ona sh. Kuvasoy ko‘cha 74-a uyda joylashgan “Farg‘ona XETK” AJ majlislar zalida 10.07.2025 yil kuni soat 16-00 da o‘tkaziladi.