“Farg‘ona HETK” AJ muqobil energiya manbalarini joriy etishga alohida e’tibor qaratmoqda

“Farg‘ona HETK” AJ muqobil energiya manbalarini joriy etishga alohida e’tibor qaratmoqda

“FARG‘ONA HETK” AJ TOMONIDAN MUQOBIL ENERGIYA MANBALARINI JORIY ETISHGA ALOHIDA E’TIBOR QARATILMOQDA

Xabaringiz bor, joriy yilning 10 iyun kuni Yurtboshimiz tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish masalalariga to’xtalib o’tilgan edi. Unda xususan, barcha vazirlik va idoralar, hokimliklar, mahalla binolarini muqobil energiyaga o‘tkazish bo’yicha topshiriqlar berilib, ana shunday uskunalarni o‘rnatgan aholi va tadbirkorlik subektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangicha tizim joriy etilishi zarurligiga alohida e’tibor qaratilgan.

Yuqoridagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan “Farg‘ona HETK” AJda tizimli ishlar olib borilmoqda. Jamiyat ma’muriy binosiga umumiy quvvati 20 kVT bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatish ishlari boshlab yuborilgani ham sohada muqobil energiya manbalarini joriy etishga muhim vazifa sifatida qaralayotganidan dalolatdir.

Keyingi bosqichda jamiyat tasarrufida bo‘lgan 20 ta shahar, tuman elektr ta’minoti korxonalarida ham har birining quvvati 5 kVtdan bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatish rejalashtirilgan. Bu bilan jamiyatning o‘z ehtiyojlari uchun sarf etadigan elektr energiyasi iqtisod qilinishiga erishiladi, albatta.

Yangiliklarga qaytish