Qo‘qon “Yangi O‘zbekiston” masivi tashqi elektr ta’minoti loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha e’lon

Qo‘qon “Yangi O‘zbekiston” masivi tashqi elektr ta’minoti loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha e’lon

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-martdagi Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahar Movarounaxr, Xo‘jand va Istiqlol ko‘chalari hududida Rennovatsiya asosida quriladigan “Yangi O‘zbekiston” masivining tashqi elektr ta’minoti uchun qurilish-montaj ishlarini bajarish bo‘yicha maxsus qaroriga asosan, ushbu ob’yektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun, ochiq tanlov bilan eng yaxshi takliflarni tanlash orqali tijorat takliflarini quyidagi talablar asosida konvert ko‘rinishida qabul qiladi.

  1. Jamiyat tomonidan taqdim etilgan boshlang‘ich narx kalkulyatsiyasi asosidagi tijorat taklifi.
  2. 2024 yil yakuni bo‘yicha moliyaviy faoliyatning tasdiqlovchi xujjatlari.(balans, moliyaviy natijalar to‘g‘risida xisobot)
  3. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ariza.
  4. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun kafolat shartlari bo‘yicha majburiyatnoma.(kafolat xati)

Jamiyat tomonidan tanlovga ilova qilinadigan xujjat.

Eng yaxshi takliflarni tanlash bo‘yicha ochiq tanlov Farg‘ona sh. Kuvasoy ko‘cha 74-a uyda joylashgan “Farg‘ona XETK” AJ majlislar zalida 07.05.2025 yil kuni soat 10-00 da o‘tkaziladi.

Hujjatlar 1

Yangiliklarga qaytish