Aksiyadorlar diqqatiga

Aksiyadorlar diqqatiga

“Fargona HETK” AJning hurmatli aksiyadorlariga!

“Fargona HETK” AJ ushbu bilan 2020 yil 29 dekabr kuni “Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi” DK tomonidan tashkil etilgan “Elektronnoye golosovaniye – eVOIT” servis tizimi orqali Internet tarmog‘ida distansion tarzda ovoz berish yo‘li bilan “Fargona HETK” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabardor qiladi.

Aksiyadorlarni (ularning vakillarini) ro‘yxatga olish soat 11:30 dan – 12:00 gacha “Elektronnoye golosovaniye – eVOTE” servis tizimi orqali amalga oshiriladi. Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi soat 12-00 da boshlanadi.

Jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan:

  • Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazilishi to‘g‘risida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasi 2020 yil 30 noyabr etib belgilangan.
  • Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasi 2020 yil 23 dekabr etib belgilangan.

“Fargona HETK” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibi:

  1. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishidagi sanoq komissiyasi tarkibi va a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida:
  2. “Fargona HETK” AJni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga qo‘shib olish yo‘li bilan Jamiyatni qayta tashkil etish to‘g‘risida.
  3. Qo‘shib olish shartnomasini tasdiqlash to‘g‘risida.
  4. Topshirish dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risida.
  5. Aksiyadorlarning talabnomasi asosida aksiyalarni jamiyat tomonidan qaytarib sotib olish jarayonida “Fargona HETK” AJning 1 dona oddiy va 1 dona imtiyozli aksiyalarining qiymatini tasdiqlash to‘g‘risida.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga hamda “Elektronnoye golosovaniye – eVOIT” servis tizimi orqali distansion tarzda ovoz berish yuzasidan to‘liq ma’lumot va xujjatlar bilan va Fargona shahri, Quvasoy o‘chasi, 74a-uy manzilida “Fargona HETK” AJ binosida xaftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari xar kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha, yoki “Fargona HETK” AJning www.feres..uz veb-saytida tanishishingiz mumkin yoki +99873-243-13-46 telefoni orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Shu bilan birga, “Fargona HETK” AJni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga qo‘shib olish yo‘li bilan Jamiyatni qayta tashkil etish to‘g‘risida masala bo‘yicha qarshi ovoz bergan taqdiringizda yoxud ovoz berishda uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok etmaganingizda O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 40- va 41-moddalariga muvofiq Sizda o‘zingizga tegishli har bir imtiyozli aksiyani 1589,02 so‘mdan “Fargona HETK” AJ tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqi vujudga kelishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

Yangiliklarga qaytish