«Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ jamiyat bosh direktori lavozimiga TANLOV e’lon qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning xukuklarini ximoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720 sonli «Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni va “Farg‘ona XETK” AJ Ustaviga asosan Bosh direktor lavozimiga tanlov e’lon qiladi.
Tanlovga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek tanlovga ishtirok etish xoxishi bo‘lgan chet el fuqarolari ham taklif etiladi.
NOMZODLAR UCHUN TALABLAR:
- O‘zbekiston Respublikasida oliy texnik yoki oliy muxandislik iktisodiyot institutlari ma’lumoti yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan ekvivalent tariqasida oliy deb tan olinuvchi chet el o‘quv yurtlarini tugatganlik to‘g‘risidagi guvoxnomaga ega bo‘lgan shaxs;
- soxa bo‘yicha raxbarlik lavozimlarida ish tajribasi kamida 3 yil;
- yoshi 30 yoshdan kam 55 yoshdan ko‘p bo‘lmagan;
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda korporativ boshqaruv tizimi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish;
- o‘z ishiga sodiqlilik, yaratuvchanlik, fikrlilik, tashabbuskorlik;
- o‘zbek va rus tillarini mukammal bilishi;
- kompyuter bilan ishlashni bilishi;
Lavozimda ish tartibi: Ish tartibi: 5/2, doimiy Soat 8-00 dan 17-00 gacha. Xujjatlarni rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksiga muvofik.
Oylik maoshi: shtat jadvaliga ko‘ra.
Taqdim qilinishi kerak bo‘lgan xujjatlar. Tanlovda qatnashish uchun:
- Kuzatuv kengashi nomiga ariza;
- Ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va xujjat nusxalari (notarial tasdiqlangan);
- Fuqarolik pasportidan nusxa;
- Oxirgi ish joyidan tavsifnoma;
- Ish rejalari xaqida qisqacha ma’lumot;
- Ishtirokchining shaxsiy varaqasi.
Aloqa:
- Manzil: Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 3-uy.
- Telefon: (0-373) 244-84-62 (Xodimlarni boshqarish bo‘limi).
- Faks: (0-373) 244-38-21
- Elektron pochta manzili: feres2015@inbox.uz
- Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2026 yil 01 maygacha.
Barcha taqdim qilingan xujjatlar jamiyatning Kuzatuv kengashi va aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan ko‘rib chiqilib qaror qabul qilinadi.
Jamiyat tomonidan e’lon qilingan bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodlar tanlov asosida ishga qabul qilinadi. Nomzodlarning hujjatlari joriy yilning 3 mart kuniga qadar Xodimlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: 73 226-56-02, 93 980-00-74 Hodimlar bilan ishlash bo‘limi.