Oltiariq tumanidagi 35 liniyadagi uzilish sabablari

Oltiariq tumanidagi 35 liniyadagi uzilish sabablari

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani hududini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yuqori kuchlanishli tarmoqlarda elektr energiyasidan uzilishlar betartib va surunkali bo‘layotganiligiga e’tiroz bildirib yo‘llangan murojaatga asosan, “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ quyidagilarni ma’lum qiladi.

So‘ngi vaqtda iste’molchilarda elektr energiyasiga bo‘lgan talab kundan–kun ortib bormoqda. Natijada, iste’mol quvvatiga nisbatan ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi o‘rtasida muvozanat buzilib quvvat yetishmovchiligi yuzaga kelmoqda.

Bunday vaqtlarda, tizimda hosil bo‘ladigan rejimlar turg‘unligining buzilishini oldini olish uchun markaziy ta’minlovchi 110/35 kVli podstansiyalarning elektr uzatish tarmoqlarida yuklamani yengillashtirish avtomatikasi ishga tushishi hamda energotizimda yuzaga kelayotgan yoqilg‘i va quvvat tanqisligi paytlarida, belgilangan iste’mol topshirig‘ida ishlash uchun 110, 35, 10 kVli tarmoqlarda ma’lum bir vaqt davomida cheklovlar kiritilishi natijasida ta’minotda uzilishlar kuzatilmoqda.

Bundan tashqari, iste’molchilarning yuqoridagi sabablarga ko‘ra elektr energiyasiga bo‘lgan talabi keskin ortib borayotgani, shuningdek, ta’minlovchi elektr qurilmalari (transformatorlar) nominal yuklamaga nisbatan ortiqcha zo‘riqish bilan ishlaganligi natijasida sodir bo‘lgan avariyali holatlarni bartaraf etish chog‘ida, avariya bartaraf etilgunga qadar mazkur liniyalarda uzilishlar kuzatilmoqda.

Yuqoridagi kabi holatlarning oldini olish hamda avariyali oqibatlarni bartaraf etish bo‘yicha “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ turdosh korxonalar bilan hamkorlikda barcha zaruriy choralar ko‘rib borilayotganligini ma’lum qiladi. Shu o‘rinda, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz!

“Farg‘ona HETK” AJ matbuot xizmati

Yangiliklarga qaytish