Tadbirkor ta’minoti nazoratga olindi

Yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasi tayanchi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Beshariq tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkordan elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar yuzasidan murojaat kelib tushdi. “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ quyidagilarni ma’lum qiladi.

Tadbirkor 110/35/10 kV “Madaniyat” nimstansiyasidan chiquvchi 10 kV “Yangi” fideri havo uzatmasidan elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

Uzilishlar sababi

So‘nggi vaqtda iste’molchilarning elektr energiyasiga bo‘lgan talabi kundan-kunga ortib bormoqda. Bu esa iste’mol quvvati va ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi o‘rtasidagi muvozanatning buzilishiga olib kelmoqda.

Bunday vaqtlarda tizim turg‘unligini saqlash uchun 110/35 kV podstansiyalarda yuklamani yengillashtirish avtomatikasi ishga tushadi, shuningdek, yoqilg‘i va quvvat tanqisligi paytlarida 110, 35 va 10 kV tarmoqlarda vaqtinchalik cheklovlar kiritiladi.

Ko‘rilayotgan choralar

Jamiyat turdosh korxonalar bilan hamkorlikda avariyaviy holatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rmoqda. Tadbirkorning elektr ta’minoti doimiy nazoratga olindi.

Yangiliklarga qaytish