Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani “Fayz” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolar tomonidan mahalal hududidagi elektr uzatish tarmog‘ining nosozligi to‘g‘risida yo‘llangan murojaatga asosan, “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” quyidagilarni ma’lum qiladi.
Qo‘shtepa tumani “Fayz” mahalla fuqarolar yig‘ini hududi 110/6 kVli “Joybozor” nimstansiyasidan chiquvchi 6 kVli “To‘lqin” elektr uzatish tarmog‘i orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.
Murojaatga asosan, mazkur elektr uzatish tarmog‘i Qo‘shtepa tuman elektr ta’minoti korxonasi mutahassislari tomonidan mahalla faollari ishtirokida joyida to‘liq ko‘rikdan o‘tkazilib, aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish choralari ko‘riladi.
“Farg‘ona HETK” AJ matbuot xizmati