Xorazm viloyati mezbonlik qilayotgan “Kasb mahorati” musobaqasi qizg‘in davom etmoqda.
Musobaqaning 4-bosqichida jamoalar shartli jabrlanuvchini elektr toki ta’siridan ozod qilish va unga o‘z vaqtida malakali tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini amalda sinovdan o‘tkazdi.
Bosqichda maxsus asboblar, himoya vositalari va amaldagi me’yoriy-texnik hujjatlarga muvofiq ishlar bajarildi.
“Farg‘ona HETK” AJ matbuot xizmati.