Farg‘ona HETK” AJning hurmatli aksiyadorlari!
“Farg‘ona HETK” AJ ushbu bilan 2022 yil 24.06.2022y. kuni “Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi” DK tomonidan tashkil etiladigan “Elektronnoye golosovaniye - eVOTE” servis tizimi orqali Internet tarmog‘ida distansion tarzda ovoz berish yo‘li bilan “Farg‘ona HETK” AJ aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabardor qiladi.
Aksiyadorlarni (ularning vakillarini) ro‘yxatga olish soat 11:00 dan 11:45gacha “Elektronnoye golosovaniye - eVOTE” servis tizimi orqali amalga oshiriladi.
Aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig‘ilishi soat 12-00 da boshlanadi.
Jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan:
- Aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig‘ilishini o‘tkazilishi to‘g‘risida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasi 2022 yil 02.06.2022y. etib belgilangan.
- Aksiyadorlarning navbatdagt umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasi 20.06.2022y. etib belgilangan.
“Farg‘ona HETK” AJ aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig‘ilishi kun tartibi:
- Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishidagi sanoq komissiyasi tarkibi va a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida.
- Jamiyatning 2021 yilga mo‘ljallangan Biznes-rejaning asosiy ko‘rsatkichlari bajarilishi bo‘yicha ijro organi raxbarining xisobotini ko‘rib chiqish va 2021 yil yakuni bo‘yicha yillik xisobotni tasdiqlash.
- Jamiyatning 2021 yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yakunlari bo‘yicha taftish komissiyasining xisobotini ko‘rib chikish.
- Jamiyatning 2021 yil yakunlari bo‘yicha buxgalteriya balansini, foyda va zarar xisoblarini tasdiqlash.
- Jamiyatning 2021 yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy-xujalik faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha auditorning hulosasini ko‘rib chiqish.
- Jamiyatning 2021 yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakuni bo‘yicha olingan sof foydasini taqsimlanishini tasdiqlash.
- Jamiyat Kuzatuv kengashining 2021 yilda amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi xisobotini ko‘rib chiqish va tasdiklash.
- Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash.
- Jamiyat Taftish komissiyasi a’zolarini saylash.
- Jamiyat ijro organi raxbarini saylash yoki uni ishga yollash bo‘yicha shartnomani 1 yilga uzaytirish.
- 2022 yil uchun auditor tashkilotini tanlash xamda xizmatlari uchun tulanadigan xak miqdorini aniqlash.
- Davlat investitsiya dasturlarini amalga oshirishda korxonaga “Xududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yunaltirilgan mablaglarni kapitalizatsiya qilish yoki aksiyadorlarning avvalgi umumiy yig‘ilishlari qarorlari asosida jamiyat ishlab chiqarishini rivojlantirish uchun qoldirilgan mablag‘lar xisobiga jamiyat ustav jamgarmasini oshirish.
- “Farg‘ona XETK” AJ tashkiliy tuzilmasini yangi loyixasini tasdiqlash.
- “Farg‘ona XETK” AJ ning 2022 yil uchun Biznes-Rejasini tasdiqlash.
- Jamiyat tomonidan kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlarni ma’qullash.
- “Farg‘ona HETK” AJni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga qo‘shib olish yo‘li bilan Jamiyatni qayta tashkil etish to‘g‘risida.
- Qo‘shib olish shartnomasini tasdiqlash to‘g‘risida.
- Topshirish dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risida.
- Aksiyadorlarning talabnomasi asosida aksiyalarni jamiyat tomonidan qaytarib sotib olish jarayonida ““Farg‘ona XETK” AJ ning 1 dona imtiyozli va 1 dona oddiy aksiyalarining qiymatini tasdiqlash to‘g‘risida.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga hamda “Elektronnoye golosovaniye - eVOTE” servis tizimi orqali distansion tarzda ovoz berish yuzasidan to‘liq ma’lumot va xujjatlar bilan va Farg‘oana shahri, Quvasoy ko‘chasi, 74a-uy manzilida “Farg‘ona HETK” AJ korpus binosida xaftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari xar kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha, yoki “Farg‘ona XETK” AJ ning www.feres.uz veb-saytida tanishishingiz mumkin yoki (73) 243-13-46 telefoni orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Shu bilan birga, “Farg‘ona XETK” AJni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga qo‘shib olish yo‘li bilan Jamiyatni qayta tashkil etish to‘g‘risida masala bo‘yicha qarshi ovoz bergan taqdiringizda yoxud ovoz berishda uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok etmaganingizda O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 40- va 41-moddalariga muvofiq Sizda o‘zingizga tegishli har bir aksiyani bozor baxosi kiymatida “Farg‘ona XETK” AJ tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqi vujudga kelishi mumkinligini ma’lum qilamiz.
“Farg‘ona XETK” AJ
Ijro organi