Jamiyat haqida

Rivojlantirish strategiyasi

Jamiyatning asosiy strategiyasi quyidagilardan iborat:

  • Farg‘ona viloyatini barcha sanoat tarmoqlarini va iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash;
  • elektr energiyasini sotib olish, yetkazib berish, hisobotlarni to‘g‘ri tarzda olib borishga oid texnika va infrastruktura tizimini modernizatsiya qilish;
  • iqtisodiy hisob-kitoblarni o‘z vaqtida olib borish; yuridik va jismoniy istemolchilardan bo‘lgan qarzdorliklarni sezilarli darajada kamaytirish; jamiyat biznes ko‘lamini kengaytirish;
  • texnik yuqotishlar va nokonuniy tarzda ulanishlarni kamaytirish, maqsadli rejalarni ishlab chiqib amaliyotda tadbiq qilish;
  • Davlat dasturlarida belgilangan, tegishli sanoat korxonalarini muntazam elektr energiya bilan ta’minlash;
  • elektr energiyasini yetkazib berishga oid bo‘lgan ilmiy-texnik ishlanmalar va texnologiyalarni ish faoliyatiga keng tadbiq qilish;
  • elektr energiya sotib olishdan oxirgi iste’molchiga yetkazib bergunga qadar bo‘lgan jarayonni avtomatlashtirish orqali tizim samaradorligini oshirish va tashkilot sarf-xarajatlarini kamaytirish.
  • Jamiyatning iktisodiiy samaradorligini baholash ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, uni amaliyotga joriy qilish va shu ko‘rsatkichlar bo‘yicha iqtisodiy samaradorligini oshirish.