Jamiyat haqida

Faoliyat predmeti va maqsadlari

JAMIYATNING MAQSADI VA FAOLIYAT DOIRASI.

1. Quyidagilar jamiyatning asosiy vazifalari xisoblanadi:

  • Jamiyatning asosiy maksadlari davlat iqtisodiy manfaatlar, axolining maishiy, ijtimoiy-madaniy va boshka extiyojlarini kondirish va aksiyadorlar xamda jamiyat mexnat jamoasining manfatini kuzlab mexnat qilish yuli bilan foyda olishdan iborat bulib, o‘zini-o‘zi mablag bilan ta’minlash yo‘li bilan jamoa va jamiyat aksiyadorlarining moddiy va ijtimoiy talablarini qondirishga qaratilgan.

2. “Farg‘ona ETXK” AJ faoliyati O‘zbekiston Respublikasi «Elektr energetika to‘g‘risida» gi Qonunning 18 moddasi bilan aniklanadi.

Jamiyat quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi: Istemolchilarga elektr energiyani taksimlaydi va yetkazib beradi.

Elektr tarmoqlari xududiy korxonasi:

  • yagona elektr energiya sotuvchisidan elektr energiyani oladi.
  • O‘rnatilgan tartibda elektr ta’minoti korxonalariga iste’molchilar bilan shartnomalar tuzish xuquqiga ega bulishlari uchun bosh ishonchnoma beradi.
  • Iste’molchilarga elektr ta’minoti shartnomasi asosida elektr energiya sotishni amalga oshiradi.
  • Iste’molchilarga elektr energiyani yetkazib berishdagi xavfsizlikni ta’minlaydi.
  • O‘zining elektr tarmoq xujaligi ob’yektlaridagi elektr energiya sifatini Davlat standartlarida kursatilgan kursatkichlarda ushlab turadi.
  • O‘zining elektr tarmoq xujalik ob’yektlarida texnikaviy foydalanish qoidalariga suyangan xolda foydalanish va ta’mirlashni tashkillaydi.
  • O‘zining elektr tarmoq xujaligining elektr energiyadagi texnologik yo‘qotishlarni kiskartirish yuzasidan boshkaruv texnik chora-tadbirlarni ishlab chikadi va amalga oshiradi.
  • Iste’molchilarning elektr energiya iste’mol kiladigan, elektr uskunalarni xududiy elektr tarmoqlariga o‘rnatilgan tartibda ulanishlari uchun texnik shartlar beradi.
  • Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanish (litsenziya bilan);
  • Chet el investitsiya ishtirokidagi qo‘shma korxonalarni tashkil etish va ular bilan shartnoma-kontraklar tuzish;
  • Amaldagi qonunchilikka muvofiq eksport-import ishlari bilan shug‘ullanish;
  • Ulgurji va chakana savdo faoliyatini kursatish:
  • Transport va yuk ko‘tarish mexanizmlari bilan boshka korxonalarga va axoliga xizmat ko‘rsatish:
  • Elektr tarmoqlari xududiy korxonasi Qonunchilik asosida boshka faoliyatlar bilan xam shugullanishi mumkin, xamda ruxsat (litsenziya) talab kilinadigan faoliyatlar turiga kiruvchi faoliyatlar bilan, Qonunchilik asosida ruxsat (litsenziya) olingandan sung ushbu faoliyatlar bilan xam shugullanishi mumkin.

3. Jamiyat O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Qonunchiligida takiklanmagan boshka faoliyat turlarini xam amalga oshirishga xaqlidir.