Jamiyat haqida

Ommaviy tadbirlar

“FARG‘ONA HETK” AJ JAMOASI KASB MAHORATIDA FAOL QATNASHMOQDA

Xorazm viloyati mezbonlik qilayotgan “Kasb mahorati” musobaqasi qizg‘in davom etmoqda.

Jamoalar musobaqaning 4-bosqichida shartli jabrlanuvchini elektr toki ta’siridan ozod qilish va unga o‘z vaqtida malakali tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilim ko‘nikmalari amalda sinovdan o‘tkazildi.

Mazkur bosqichda jamoalar tomonidan maxsus asboblar, himoya vositalari va amaldagi me’yoriy-texnik xujjatlarga muvofiq, jabrlanuvchini elektr toki ta’siridan ozod qilish va unga o‘z vaqtida malakali tibbiy yordam ko‘rsatish ishlari bajarildi.

“Farg‘ona HETK” AJ matbuot xizmati.