Jamiyat haqida
Jamiyatda “Yoshlar ittifoqi”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyul kunidagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106-sonli Farmoni, “O‘zbekenergo” AJning 2017 yil 30 avgustdagi “O‘zbekenergo” AJ “Yoshlar ittifoqining Yetakchilar kengashini tashkil etish to‘g‘risida”gi 517-sonli buyrug‘i xamda “Farg‘ona xududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning 27.09.2017y. dagi 463R-sonli buyrug‘iga asosan jamiyatning Yoshlar ittifoqi yetakchisi va tuman, shaxar elektr ta’minoti korxonalari yetakchilari saylangan.
“Farg‘ona xududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda 378 nafar yoshlar mehnat qilib kelmoqda. Shundan 47 nafar yosh ayollar bo‘lib jami yoshlarning 91 nafari oliy, 278 nafari o‘rta maxsus, 9 nafari o‘rta ma’lumotli xodimlar xisoblanadi.
Jamiyat yoshlarining ishdagi va shaxsiy muammolari, taklif va fikralarini o‘rganish maqsadida ochiq muloqot tarzidagi yig‘ilishlar va tadbirlar muntazam o‘tkazilib kelinmoqda.
Yosh xodimlarni ishdan keyingi vaqtlarini bexuda sarflamasliklari uchun jamiyat negizida sport bilan shug‘ullanishlariga imkoniyatlar yaratilgan xamda chet tillarini o‘rganishlari uchun imtiyozli o‘quv kurslari tashkil etilgan.
Jamiyatimizning yoshlar ittifoki o‘rtasida o‘tkazilgan “Seminar” lavxalari.