Jamiyat haqida

Jamiyat tarixi

1930 yil 12 mart kuni Farg‘ona yog‘-moy kombinatini elektr va issiqlik energiyasi bilan ta’minlash uchun “Sharq Yulduzi” (“Zarya Vostoka”) nomli Farg‘ona issiqlik elektr markazi (TETS) ning quvvati 2 mVt bo‘lgan birinchi agregati ishga tushirilgan. Elektr energiyasiga bo‘lgan talabning ortishi hisobiga, ya’ni to‘qimachilik fabrikasi va boshqa iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 1932-1936 yillarda IEMning quvvati 9,5 mVt ga yetkazilgan (1963 yilda barcha agregatlar demontaj qilingan va 1968 yildan issiqlik manbai korxonasiga aylantirilgan).

“Sharq yulduzi” nomli Farg‘ona issiqlik elektr markazi Farg‘ona vodiysi energetika tizimining rivojlanishida asosiy baza bo‘lib shakllangan va uning bazasida 1937 yilda “Farg‘ona rayon elektr tarmoqlari” korxonasi tashkil etilgan, bu korxona tarkibiga Farg‘ona shahridagi dizel elektr stansiyalari ham kiritilgan.

Quvasoy sement zavodi qurilishining boshlanishi va Qizil-qiya ko‘mir konining ochilishi Quvasoy issiqlik elektr stansiyasi (GRES) qurilishi uchun imkoniyatni yuzaga keltiradi va 1939 yil dekabr oyida quvvati 12 mVt bo‘lgan birinchi agregat ishga tushiriladi. 1955 yilga borib 3 ta agregatning umumiy quvvati 36 mVt ga yetkazilgan.

1940 yilga kelib Farg‘ona rayon elektr tarmoqlaridagi 35-110 kV li elektr liniyalarining umumiy uzunligi 140 km ga yetgan. Quvasoy, Andijon va Qizilqiya shaharlarida 35-110 kV li podstansiyalar qurilgan.

1936-1941 yillarda stansiya va podstansiyalarni o‘zaro bog‘lovchi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari qurildi.

1943 yil 4 noyabr kuni quvvati 10 mVt bo‘lgan Qo‘qon issiqlik elektr markazi ishga tushirilgan (1973 yilda turbogeneratorlar demontaj qilingan va issiqlik markaziga aylantirilgan).

1950-1958 yillarda 235 km uzunlikdagi 6-10 kVli elektr uzatish tarmoqlari qurildi, transformatorlarning umumiy quvvati 20,0 ming kVA ga yetdi.

1959 yili 110 kVli sistema tashkil etuvchi Qayroqqum GES – Konibodom – Qo‘qon elektr uzatish liniyasi ishga tushirildi, bu bilan Toshkent hamda Farg‘ona elektr uzatish tizimlari o‘zaro bog‘landi.

1961 yili 110 kVli sistema tashkil etuvchi PS Qo‘qon – PS Pop (Namangan) havo uzatish liniyasi qurildi, transformator podstansiyalarining umumiy quvvati 109,4 ming kVAga yetdi.

1964 yili Farg‘ona elektr tarmoqlari ob’yektlarining kengayib ketganligi sababidan Andijon, Namangan, O‘sh va Leninobod elektr tarmoqlari korxonalari tashkil etildi.

1965 yili 35 kV va undan yuqori kuchlanishli havo liniyalari va podstansiyalarga xizmat ko‘rsatadigan Rishton uchastkasi tashkil etilgan, 0,4-220 kVli liniyalarning umumiy uzunligi 6876 km ga va 33 ta 35-110-220 kVli podstansiyalarning umumiy quvvati 381,1 ming kVA ga yetdi.

1966 yili Oltiariq rayon elektr tarmoqlari korxonasi tashkil etildi. 220/110/10 kV li Farg‘ona podstansiyasida 125,0 ming kVA quvvatli T-2 transformator ishga tushirildi.

1967 yili Farg‘ona elektr tarmoqlari Farg‘ona va Qo‘qon uchastkalariga bo‘lindi.

1969 yili muddatidan ilgari 138 ta kolxoz va sovxozlar, 1400 ta aholi punktlari hamda 887 ta nasos uskunalarini elektr energiyasi bilan taminlandi.

1971 yili 110/35/10 kVli Quva ,110/35/6 kVli Severnaya, 35/10 kVli Vodil nimstansiyalari ishga tushirildi.

2017 yilning 1 yanvar holatiga 0,4-110 kVli elektr uzatish tarmoqlarining umumiy uzunligi 25541,4 km ni, 35-110 kVli 154ta podstansiyalarning umumiy quvvati esa 1780,0 ming kVa ni tashkil etadi.

«Farg’ona Elektr tarmoqlari» Uzbekiston Respublikasi davlatmulk kumitasining 08.06.2002y dagi №8406/032-2 sonli «Uzbekenergo» DAK ning » Farg’ona Elektr tarmoqlari » shu’ba korxonasini aksiyadorlik jamiyatiga uzgartirish tugrisida» gi buyrugiga asosan «Farg’ona Elektr tarmoqlari» ochik aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgan.

30.06.2014y. kungi №2/14 sonli aksiyadorlarning umumiy yigilishi karoriga asosan jamiyatning nomi va ustavi («Fargona xududiy elektr tarmoklari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati) ga uzgartirilib, Fargona shaxar xokimiyatining Tadbirkorlik sub’yektlarini ruyxatga olish markazidan ruyxatga olingan, kerakli uzgartirishlar kiritib muvofiklashtirilib 27.10.2014y kuni №1188, xamda 17.10.2017y kungi №1188 son bilan kayta ruyxatga olingan.

Jamiyatning Ustav fondi 41 mlrd 439 mln 650 ming sumni tashkil kilib nominal kiymati 1000 sum bulgan 41 439 650 dona aksiyalarga bulingan.